Mutaxassis maymun chechagining kosmetik asoratini aytdi
Olam
−
09 iyun 2022
7367Hozirgi kunda Yevropa mamlakatlarida tarqalgan maymun chechagi bilan kasallangan odam terisida izlar qolishi mumkin. Bu haqda Gamaley nomidagi ilmiy-tadqiqot markazi professori, virusolog Anatoliy Alshteyn RIA Novosti agentligiga ma’lum qildi.
Uning so‘zlariga qaraganda, maymun chechagi odamning qiyofasiga ta’sir ko‘rsatmaydi.
“Kasallangandan so‘ng dog‘lar qolishi ehtimoli past, kasallik chechak kabi xavfli emas. Shuningdek tanada boshqa o‘zgarishlar sodir bo‘lmaydi. Bu kasallikni yuqtirib olgan taqdirda ham, inson salomatligi butunlay tiklanadi”, deydi Alshteyn.
Yevropa mamlakatlarida joriy yilning bahorida maymun chechagi epidemiyasi tarqalgan edi. Bugungi kunga kelib 27 davlatda maymun chechagi bilan kasallanishning 780 ta holati qayd etilgan.
Ma’lumotlarga qaraganda, kasallanish asosan Yevropa va Amerika mamlakatlarida tarqalgan. Aksariyat hollar:
• Buyuk Britaniya – 207 (bir hafta oldin - 106),
• Ispaniya – 156 (20),
• Portugaliya – 138 (49),
• Kanada – 58 (26),
• Germaniya – 57 (5).
Qayd etilishicha, maymun chechagi yovvoyi hayvonlardan odamga havo orqali yuqadi. Kasallikni yuqtirgan bemorning ahvoli taxminan 2-3 haftada sog‘ligi qayta tiklanadi. Kasallik asoratlari isitma, bosh og‘rig‘i, limfa tomirlarining kengayishi, titroq va charchash alomatlari bilan kechadi. Kasallikning yoqimsiz alomati tanaga toshma qoplanishidir. Ushbu toshma bir nechta bosqichda bo‘lib o‘tadi va ma’lum vaqtdan so‘ng yo‘qolishni boshlaydi.
Mardona G‘afforova
LiveBarchasi