Mutaxassis diyetasiz ozishni maslahat berdi

Salomatlik

image

Ortiqcha vazndan qutulish va chiroyli formani saqlash uchun oziq-ovqat mahsulotlarini iste’mol qilishdan cheklanish shart emas. Diyetolog Adriana Oros shunday xulosaga keldi.

Mutaxassis oddiy usuldan foydalanishni taklif qiladi. U ozishga harakat qilayotgan kishilarga "likopcha uslubi"ni qo‘llab ko‘rishni taklif qildi. Mutaxassisning fikriga ko‘ra, ushbu usul nafaqat vazn yo‘qotishga yordam beradi, balki sog‘lom ovqatlanish rejimiga rioya qilishga ham o‘rgatadi. "Likopcha uslubi" nima ekanligiga qiziqayotgan bo‘lishingiz, tabiiy. Bu uslub mahsulot taqsimoti demakdir.

Mahsulotni qanday taqsimlash haqida tushuntiramiz. Ovqatlanayotganda likopchaning yarmini sabzavotlar bilan to‘ldirish kerak bo‘ladi. To‘rtdan birini oqsilga boy mahsulotlar (go‘sht, tuxum, baliq va boshqalar) egallashi zarur. Qolgan to‘rtdan birini esa uglevodlar (makaron, guruch va boshqalar) bilan boyitasiz.

Imkoningiz bo‘lsa, likopchaga foydali yog‘lar ham qo‘shishingiz mumkin. Masalan, zaytun yog‘i, avokado yoki turli yong‘oqlar. 

Mutaxassis, shuningdek, ozishga harakat qilishda yo‘l qo‘yiladigan xatolarni eslatib o‘tdi. Masalan, ozmoqchi bo‘layotgan kishilar uglevodlar haqida umuman unutib qo‘yadilar. Bir xil ovqatlanish uslubi bilan cheklanadilar.

Shuni unutmangki, inson organizmi uchun har bir vitaminning o‘rni bo‘lak.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

479

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing