Mustaqillikning 30 yilligi: Mirziyoyev bayram nutqida Islom Karimovni yodga oldi

Jamiyat

image

Ayni vaqtda Toshkent shahrida joylashgan “Yangi O‘zbekiston” majmuasidagi amfiteatrda mamlakat Mustaqilligining 30 yilligiga bag‘ishlangan bayram tantanalari bo‘lib o‘tayotgani haqida xabar bergandik

Unda senatorlar, deputatlar, davlat va jamoat tashkilotlari mas’ullari, ilm-fan, madaniyat sohasi fidoyilari, nuroniylar va yoshlar ishtirok etmoqda. Tadbirda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev bayram nutqini so‘zlamoqda.

Qayd etish kerakki, davlat rahbari bayram nutqida O‘zbekistonning birinchi Prezidenti Islom Karimovning xotirasini yodga oldi. 

“Bugungi qutlug‘ ayyomda barchamiz, butun xalqimiz O‘zbekiston mustaqilligini e’lon qilib, tariximizning eng murakkab va og‘ir davrlarida davlatimizni boshqargan Birinchi Prezidentimiz muhtaram Islom Abdug‘aniyevich Karimov nomini, u kishining bevosita rahbarligida, xalqimizning matonati va jasorati bilan amalga oshirilgan ulkan ishlarni esga olishimiz tabiiydir”, deydi Shavkat Mirziyoyev.  

Prezident Islom Karimov davrida yosh O‘zbekistonda amalga oshirilgan ulkan ishlarni sanab o‘tdi. 

“Istiqlol yillarida yurtimizda yangi davlat va jamiyat qurish yo‘lida muhim ishlar bajarildi. Qisqa muddatda mamlakatimiz Konstitutsiyasi ishlab chiqildi. Zamonaviy davlatchilik asoslari, qonun chiqaruvchi, ijro etuvchi va sud hokimiyatlari shakllandi. 

Mamlakatimiz mustaqilligi va suverenitetini, sarhadlarimiz daxlsizligini, xalqimizning tinch va osoyishta hayotini ishonchli himoya qilishga qodir bo‘lgan Qurolli Kuchlar barpo etildi. 

Milliy valyutamiz – so‘m joriy qilindi, oltin-valyuta zaxiralarimiz shakllantirildi. Qadimiy tariximiz, boy madaniy merosimiz, milliy-diniy qadriyatlarimiz, o‘zligimiz tiklandi.

Muxtasar aytganda, ko‘pni ko‘rgan xalqimiz o‘zining mustahkam irodasi va matonati, beqiyos salohiyatini namoyon etib, tarixan qisqa fursat ichida ulkan taraqqiyot yo‘lini bosib o‘tdi. Vatanimiz jahon hamjamiyatidan munosib o‘rin egalladi. Mana shunday buyuk tarixiy jarayonlarda faol ishtirok etish nasib qilganidan ko‘pchilik vatandoshlarim qatori men ham baxtiyorman”, deydi Mirziyoyev.

Tantanali bayram tadbiri davom etmoqda. Tomosha qilish uchun havolaga bosing.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

348

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing