Pandemiya sharoitida Mustaqillik bayrami tadbirlarini o‘tkazish tartibi belgilandi

Jamiyat

image

So‘nggi kunlarda O‘zbekistonda koronavirus bilan kasallanish ko‘rsatkichlari nisbatan barqarorlashayotganini inobatga olib, Respublika maxsus komissiyasi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining o‘ttiz yillik bayrami tadbirlarini ko‘tarinki ruxda o‘tkazish maqsadida Koraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrida ochiq maydonlarda sayillar, konsert tomoshalari va ko‘ngil ochar dasturlarni tashkil etish borasidagi tegishli tashkilotlar tomonidan berilgan takliflar ma’qullandi. Bu haqda SSV Matbuot xizmati xabar berdi.

Mustaqillikning o‘ttiz yilligi bayramiga tayyorgarlik ko‘rish va uni yuqori saviyada o‘tkazishni ta’minlashga mas’ullar tomonidan bayram tadbirlariga tashrif buyuruvchilarni niqob taqishlari, ijtimoiy masofani saqlashlari, shaxsiy gigiyena qoidalariga qat’iy rioya etish ustidan nazoratini kuchaytirishni ta’minlash shartligi belgilandi. 

Shu o‘rinda Sog‘liqni saqlash vazirligi bayram tadbirlari o‘tkaziladigan maydonlarda, shuningdek, tashkilot, korxona, muassasalarda, yirik savdo majmualari, supermarketlar, ko‘ngilochar muassasalarda niqobda bo‘lish, ijtimoiy masofani saqlash, tana haroratini o‘lchash amaliyotlariga rioya etilishini so‘rab qolgan.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

248

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing