Mustaqil Belarusning birinchi rahbari vafot etdi

Olam

image

Kecha, 3 may kuni tunda mustaqil Belarus Respublikasining birinchi rahbari Stanislav Shushkevich Minskda 87 yoshida vafot etdi. Bu haqda uning rafiqasi Irina “Yevroradio”ga ma’lum qildi.

Aprel oyining oxirida Shushkevich COVID-19 bilan kasallanganidan keyin reanimatsiyaga yotqizilgandi. Ikki kundan keyin siyosatchi shifoxonadan chiqdi, ammo uning sog‘lig‘i kasallik tufayli yomonlashdi.

Stanislav Shushkevich 1991-1994 yillarda 12-chaqiriq Belarus Oliy Kengashiga rahbarlik qilgan. Respublika rahbari sifatida u SSSRning mavjudligiga chek qo‘ygan Belovej kelishuvlarini imzoladi.

1994 yil yozida Shushkevich Belarusdagi birinchi prezidentlik saylovlarida ishtirok etgan va 9,91 foiz ovoz olib, to‘rtinchi o‘rinni egallagan. Saylovda Aleksandr Lukashenko g‘olib bo‘lgan.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

283

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing