Murodjon Azimov senator bo‘ldi

Jamiyat

image

Qashqadaryo viloyati hokimi Murodjon Azimov O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati a’zosi etib saylandi. Bu haqda viloyat hokimligi xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, bugun, 22 iyul kuni xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar Kengashlarining qo‘shma majlisi o‘tkazilgan va unda Senatga viloyatdan bo‘shab qolgan o‘rin uchun senator saylash to‘g‘risidagi masala kiritilgan.

Markaziy saylov komissiyasi raisi Zayniddin Nizamxo‘jayev boshchiligida o‘tkazilgan saylov natijalariga ko‘ra, viloyat hokimi Murodjon Azimov Oliy Majlis Senati a’zoligiga saylandi.

Ma’lumot uchun, Murodjon Azimov 1976 yil Qashqadaryo viloyati Kitob tumanida tug‘ilgan. 1998 yilda Toshkent yuridik institutini tugatgan. U Qarshi shahar prokuraturasida tergovchi, Qashqadaryo viloyat prokuraturasiga prokuror, keyinroq viloyat prokurorining o‘rinbosari va tuman prokurori lavozimlarida ishlagan.

U 2014 yilda Buxoro viloyati prokurori etib tayinlanib, u yerda 2016 yilgacha ishlagan. 2016 yil sentyabr oyidan boshlab u O‘zbekiston bosh prokurori o‘rinbosari lavozimida ishlagan. 

Murodjon Azimov 2018 yilning fevralida Bojxona qo‘mitasiga rais etib tayinlangan, 2021 yil noyabr oyida Qashqadaryo viloyati hokimi vazifasini bajaruvchi sifatida ish boshlagandi. Keyinroq joriy yilning 23 aprel kuni u viloyatning to‘laqonli hokimi etib tayinlandi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

256

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing