Murodjon Ahmadaliyevning himoya jangi sanasi aniq bo‘ldi

Sport

image

Professional boks bo‘yicha ikkinchi yarim yengil vazn (-55,34 kg) toifasida WBA va IBF kamarlari sohibi Murodjon Ahmadaliyev (10-0, 7 KO) joriy yilning 26 iyun kuni AQSHda navbatdagi jangini o‘tkazadi.

“Matchroom” tomonidan o‘tkazilayotgan musobaqada o‘zbekistonlik bokschiga amerikalik Ronni Rios (33-3-0, 16 KO) raqiblik qiladi. Jang taxminan 26 iyun tongi soat 05:00 dan keyin boshlanadi. Ahmadaliyevning jangidan oldingi bellashuvlarning natijasiga qarab, bu vaqt oldinga yoki ortga surilishi mumkin.

Bugun, 25 iyun kuni sportchilar bahs oldidan tarozidan o‘tdi Unda Ahmadaliyev 54,97 kg qayd etgan bo‘lsa, Rios 55,29 kg tosh bosgan.

Eslatib o‘tamiz, Murodjon so‘nggi jangini 2021 yilning 19 noyabrida Xose Velaskesga qarshi o‘tkazib, ochkolar evaziga g‘alaba qozongandi. Ronni Rios esa 2021 yil fevral oyida amerikalik Oskar Negreteni mag‘lub etgan.

Ma’ruf Abdumalikov


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Baholaganlar

228

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing