Murodjon Ahmadaliyev Inouega “vizov” tashladi (video)
Sport
−
04 Sentabr
7847O‘zbekistonlik professional bokschi, sobiq WBA va IBF kamarlari sohibi Murodjon Ahmadaliyev to‘rt vazn toifasida boks bo‘yicha jahon chempioni yaponiyalik Naoya Inouega jang qilish bo‘yicha chaqiruv yubordi. Bu haqda O‘zbekiston Professional boks federatsiyasi matbuot xizmati xabar berdi.
“Inoue vaqti keldi. Menga manzilingni yubor. Amerikami, Yaponiyami farqi yo‘q. Menga kamarlarim kerak, men tayyorman“, deydi Ahmadaliyev.
Qayd etish joiz, Inoue oxirgi jangini avstraliyalik Ti Jey Doxeniga qarshi o‘tkazib, raqibini 7-raunddayoq nokautga uchratdi. Ahmadaliyev esa bo‘lajak jangini WBA kamari uchun amerikalik Ramon Kardenasga qarshi o‘tkazishi kutilmoqda.
Ma’lumot uchun, 29 yoshli Murodjon Ahmadaliyev shu vaqtga qadar professional boksda 13 ta jang o‘tkazib, 12 tasida raqiblaridan ustun kelgan. 1 ta bahsda esa imkoniyatni boy berib, o‘ziga tegishli WBA va IBF kamarlarini qo‘ldan chiqargan. Janglarining 9 tasida raqiblarini nokautga uchratgan. 31 yoshli Inoue esa 28 ta jangda qatnashib, barchasida raqiblaridan ustun kelgan. Bahslarining 25 tasida raqiblarini nokautga uchratgan.
LiveBarchasi