Murodov UFC'dagi navbatdagi jangida imkoniyatni boy berdi (video)
Sport
−
22 Oktabr 2022 34366 1 daqiqa
Bugun, 22 oktyabr kuni Birlashgan Arab Amirliklarining Abu-Dabi shahrida bo‘lib o‘tayotgan UFC 280 turniri doirasida o‘zbekictonlik jangchi Mahmud Murodov braziliyalik Kayo Borraloga qarshi oktagonga ko‘tarildi.
Birinchi raundni braziliyalik jangchi faolik bilan boshladi. Kayo Murodovni parterga yotqizib, jangni muddatidan avval yakunlashga harakat qildi. Ammo o‘zbekistonlik jangchi qiyinchilik bilan bo‘lsa-da, vaziyatda chiqib ketdi. Dastlabki raund oxirida Murodov bir nechta zarba yo‘llashga erishdi.
Ikkinchi raund biroz ehtiyotkor harakatlar bilan boshlandi. Biroq Mahmud parterda ustunlikni yana bir bor berib qo‘ydi. Mahmud o‘zi uchun noqulay vaziyatdan bir amallab chiqdi. Shundan so‘ng, Mahmud parterda ustunlikni qo‘lga oldi. Ammo o‘zbekistonlik jangchi parterdan ko‘ra, “stoykada” yaxshi harakat qiladi.
Hal qiluvchi uchinchi raundda ikki tomon ham bor imkoniyatlarini ishga soldi. Kayo Murodovning bo‘yniga intilishdan to‘xtamadi. Ammo bu safar ham o‘zbekistonlik sportchi qiyin vaziyatdan chiqib ketdi. Qanchalik harakat qilmasin Mahmud bu jangni boy berdi. Barcha hakamlar Kayo Borraloning g‘alabasini qayd etdi.
Ma’lumot uchun, Borraloga qarshi janggacha Murodov MMA'da 32 ta jang o‘tkazib, 25 ta g‘alaba va 7 ta mag‘lubiyat qayd etgan. Murodovning UFC'dagi natijasi 3 ta g‘alaba va 1 ta mag‘lubiyatni tashkil qiladi.
Live
Barchasi