Murabbiy 93-daqiqada urilgan golni nishonlash vaqtida vafot etdi

Sport

image
0:00
0:00
download

“Ismoiliy” jamoasining sobiq futbolchisi, “Al-Majd” bosh murabbiyi Adham al-Selhedar Misrning 2-divizionida jamoasining g‘alabasini nishonlayotgan vaqt yurak xurujidan vafot etdi. Bu haqda Misrning mahalliy nashrlari xabar bermoqda.

Qayd etilishicha, joriy yilning 2 dekabr kuni Misrning ikkinchi divizionida “Al-Majd” jamoasi “Al-Zarka” jamoasi bilan to‘qnash kelgan. Uchrashuvda hech qaysi jamoa gol urmagan va o‘yin durang natija bilan bilan yakunlanishi taxmin qilingan. Ammo “Al-Majd”  futbolchilari o‘yinning qo‘shib berilgan daqiqasida, ya’ni 93-daqiqada raqib darvozasiga to‘p kiritib, uch ochkoni qo‘lga kiritgan va g‘alaba qozongan. 

Biroq kutilmagan g‘alaba, kuchli quvonch, o‘yinchilarning birgalikdagi nishonlashiga Adham al-Selhedarning yuragi dosh bera olmagan va xushidan ketgan. Darhol shifoxonaga olib borilgan bo‘lishiga qaramasdan shifokorlar murabbiydagi yurak xurujidan so‘ng qayd etilgan o‘limni tasdiqlagan.

Adham al-Selhedar jamoasi 6 kunlik motam e’lon qilgan.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

1699

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing