Muqaddam sudlangan 76 yoshli otaxon qamoq jazosidan qutilib qoldi
3-sahifa
−
19 yanvar 2023
16667Surxondaryoda 76 yoshli otaxon qonunga xilof ravishda moyjuvozda yog‘ ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘ygani uchun sudlandi. Bu haqda Ichki ishlar vazirligi Matbuot xizmati xabar berdi.
Huquq-tartibot idoralari xodimlari tekshiruv chog‘ida otaxonning uyidan 15 kilogramm paxta yog‘i, 41 kilogramm chigit mahsuloti va qo‘lbola jihozlar topgan.
Jinoyat ishlari bo‘yicha Denov tuman sudida Jinoyat kodeksining 186-2-moddasi (xavfsizlik talablariga javob bermaydigan tovarlarni o‘tkazish maqsadida ishlab chiqarish) bilan jinoyat sodir etgan, muqaddam sudlangan 76 yoshli shaxsga nisbatan jinoyat ishi ko‘rib chiqilgan.
Sud chog‘ida ma’lum bo‘lishicha, sudlanuvchi avval ham xuddi shunday jinoyatda ayblanib, unga 1,5 yilga ozodlikni cheklash jazosi tayinlangan. Biroq u jazo tugashidan 11 oy oldin shartli ravishda ozodlikka chiqarilgan.
Sud otaxonga Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan 4 yil ozodlikdan mahrum qilish jazosini tayinlagan. Ammo sudlanuvchi suddan yengillik so‘ragan va uning yoshini hisobga olib, unga ikki yillik sinov muddati berilgan. Agar qoidabuzarlik takrorlansa, u to‘rt yilga ozodlikdan mahrum qilinadi.
Ozoda Choriyeva
LiveBarchasi