Muftiy ko‘pxotinlilikni qonuniylashtirishni taklif qilyapti

Olam

image

Moskva muftiysi Ildar Alautdinov Rossiyada ko‘pxotinlilikni legallashtirish taklifini bermoqda. Uning fikricha, Rossiya bo‘ylab ko‘pxotinlilikni qonuniylashtirish erkaklarning ayollarga nisbatan ozchilikni tashkil etishi tufayli yuzaga kelgan bir qator ijtimoiy muammolarni hal qiladi. Bu haqda RIA Novosti yozmoqda.  

Bundan avval, Rossiya Federatsiyasi Musulmonlar diniy idorasi rahbari shayx Ravil Gaynutdin mamlakatning musulmon mintaqalarida ko‘pxotinlilikni qonuniylashtirishni maqsadga muvofiq deb hisoblagan edi. Uning so‘zlariga ko‘ra, ko‘pxotinlilik "40ta jazman orttirib, ular hamda nikohsiz tug‘ilgan farzandlar oldida zarracha mas’uliyat yukini his etmaslikdan ko‘ra" ancha yaxshi. 

Muftiy Alautdinov Rossiyada ayollar soni erkaklarning sonidan ko‘pligini hisobga olishni talab qilmoqda. Federal Davlat statistika xizmati ma’lumotlariga ko‘ra,  mamlakatda ayollar erkaklardan 10 millionga ko‘p.  

“Bundan tashqari,  Rossiyada “ayollar beva yoki ajrashgan” holatlar ko‘p. Ko‘pxotinlilik esa bir qator hududlarda, masalan, Tatariston, Checheniston va Dog‘istonda mavjud”,  deydi u. 

“Ko‘pxotinlilikni qonuniylashtirish ayollar huquqlarining kafolati bo‘ladi. Ijtimoiy nuqtai nazardan, bunday ayollar bugungi kunda mutlaqo himoyasizdir”, deydi Ildar Alautdinov. 

Uning ta’kidlashicha, bu masalalar faqat vakolatli organlar tomonidan, mutaxassislarni jalb qilgan holda ko‘rib chiqilishi kerak. 

“Ko‘pxotinlilik – bu murakkab tizim bo‘lib, unda nafaqat huquqlarni, balki har bir turmush o‘rtog‘ining majburiyatlarini ham hisobga olish kerak. Bu holda erkakning zimmasida katta mas’uliyat bo‘ladi: bu moddiy yordam, oilalar o‘rtasida bo‘sh vaqtni teng taqsimlash, bolalarni tarbiyalash va h.k.”, deydi muftiy


Maqola muallifi

Teglar

Ildar Alautdinov Ko'pxotinlilik

Baholaganlar

175

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

Mavzuga doir yangiliklar