Mudofaa vazirligi Afg‘oniston bilan chegaradagi vaziyat bo‘yicha bayonot berdi

Jamiyat

image

Avvalroq, ijtimoiy tarmoqlarda Afg‘oniston tomonidan O‘zbekistonning ushbu mamlakat bilan chegaradosh Termiz shahridagi mudofaa ob’ektlariga ISHID terroristik guruhi raketa hujumi uyushtirgani haqida ma’lumotlar tarqaldi. Prezident Administratsiyasi raisi o‘rinbosari - Prezident Matbuot kotibi Sherzod Asadov ushbu xabarlar yolg‘onligi haqida bayonot bergandi. 

O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi ham holat bo‘yicha bayonot bilan chiqib, chegaradagi vaziyat barqaror va nazorat ostidaligini ma’lum qildi. Jumladan vazirlik bayonotida shunday deyiladi: 

“Afg‘oniston hududidan O‘zbekistonning Termiz shahridagi harbiy ob’ektlariga raketa hujumi uyushtirilgani haqida tarqalgan xabarlar haqiqatga to‘g‘ri kelmaydi.

O‘zbekiston-Afg‘oniston davlat chegarasi O‘zbekiston harbiylari tomonidan to‘liq nazorat qilinib, barqaror vaziyat ta’minlanmoqda.

Fuqarolarimizdan bu kabi yolg‘on xabarlarga ishonmasliklari va rasmiy manbalarga tayanishlarini so‘rab qolamiz”.


Maqola muallifi

Teglar

O'zbekiston-Afg'oniston chegarasi

Baholaganlar

1348

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

Mavzuga doir yangiliklar