Mudofaa vaziriga yangi birinchi o‘rinbosar tayinlandi
Jamiyat
−
23 mart 2021 15452 1 daqiqa
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining tegishli farmoni bilan polkovnik Shuxrat G‘ayratjonovich Xolmuhammedovga general-mayor harbiy unvoni berildi. Shuningdek, u O‘zbekiston mudofaa vazirining birinchi o‘rinbosari — Qurolli Kuchlar Bosh shtabi boshlig‘i lavozimiga tayinlandi. Bu haqda vazirlik Matbuot xizmati xabar bermoqda.
Tayinlovga qadar Shuxrat G‘ayratjonovich Xolmuhammedov Favqulodda vaziyatlar vazirining o‘rinbosari, Mudofaa vazirining o‘rinbosari, O‘zbekiston Prezidenti huzuridagi Xavfsizlik kengashi kotibining o‘rinbosari va boshqa lavozimlarda faoliyat yuritgan. 2016 yilda “Sodiq xizmatlari uchun” medali bilan taqdirlangan.
Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining tegishli farmoni bilan polkovnik Shavkat Husanbayevich Mamajonov Qurolli Kuchlar akademiyasi boshlig‘i lavozimiga tayinlandi.
Live
Barchasi31 dekabr 2025
Farg‘ona davlat texnika universiteti rektori Qo‘ng‘irotboy Sharipovga yangi o‘rinbosar bo‘ldi.
30 dekabr 2025
30 dekabr 2025
30 dekabr 2025
29 dekabr 2025