Mualliflik huquqini buzgan san’atkorlar reytingi e’lon qilindi
Madaniyat-san’at
−
14 Sentabr 2022
26861O‘zbekistonda mualliflik huquqi himoya qilinadimi? Mualliflik huquqini buzganlar javobgarlikka tortiladimi? Bu savollarga Adliya vaziri maslahatchisi Shahnoza Soatova ushbu huquqni buzgan san’atkorlarning ro‘yxati bilan javob berdi. Xabarda beshta san’atkor nomi keltirilgan bo‘lib, ular tovon puli miqdoriga ko‘ra o‘rinlarga joylashtirilgan.
5-o‘rin – Jaloliddin Ahmadaliyev. U shoir Behzod Fazliddinga tegishli “Kutmagan kunlarim, kutgan kunlarim” to‘plamiga kirgan “Balosiz – go‘yoki g‘amimni yeysiz” deb boshlanuvchi she’ridan muallifning ruxsatisiz foydalangan. Fuqarolik ishlari bo‘yicha sudning qaroriga ko‘ra, xonanda Jaloliddin Ahmadaliyevga jami 26 million so‘m tovon pulini shoirga to‘lab berish va “Ayyor do‘stlarim” nomli qo‘shiqni ijtimoiy tarmoqlardan olib tashlash majburiyati yuklatilgan.
4-o‘rin – Doston Ergashev.U qo‘shiqchi O‘ktam Aliyevga tegishli “O‘ylamadim” qo‘shig‘idan huquq egasining ruxsatisiz foydalangan. Uzoq muddatli kelishmovchiliklardan so‘ng ushbu san’at vakillari o‘zaro kelishuvga erishdilar. Kelishuvga muvofiq “O‘ylamadim” qo‘shig‘ining muallifi O‘ktam Aliyev xonanda Doston Ergashevga nisbatan 500 million so‘m miqdoridagi moddiy va ma’naviy zararni undirish yuzasidan sudga kiritgan arizasini qaytarib oldi.
3-o‘rin – SanJay (Sanjar Javberdiyev). U shoir Usmon Azimga tegishli “Karvon” she’ridan noqonuniy foydalanganligi sababli shoir Usmon Azimga 90 million so‘mdan ortiq tovon puli undirilishi haqida sudning qarori chiqqan.
2-o‘rin – “Farhod va Shirin” juftligi. Ular Shoir Bobur Bobomurodning she’riy asarlariga nisbatan mualliflik huquqlari buzilganligi yuzasidan sud ishi ko‘rilgan va shoir hisobiga 130 million so‘m tovon puli undirish haqidagi sud qarori chiqqan.
1-o‘rin – Yulduz Usmonova. U shoir Yo‘lchi Ro‘ziyev tegishli “Xasta bo‘lma” she’rini huquq egasining ruxsatisiz noqonuniy foydalanilganligi sababli sudning qaroriga ko‘ra da’vogar Yo‘lchi Ro‘ziyev foydasiga umumiy miqdorda 185 million so‘m undirish belgilangan.
Xabarda qo‘shimcha qilinishicha, ijod vakillarining mualliflik va turdosh huquqlari buzilayotgan bo‘lsa, mualliflik huquqlarini himoya qilish maqsadida Adliya vazirligi “Mualliflik va turdosh huquqlar boshqarmasi”ga murojaat qilishi so‘raladi.
Shuningdek, “Mualliflik huquqi bilan himoyalangan har qanday asar shakllaridan huquq egasining ruxsatisiz foydalanish qonunchilikda belgilangan javobgarlikni keltirib chiqarishini eslatib o‘tamiz”, deydi u
LiveBarchasi
Putin xalqiga murojaat qildi.
21 noyabr