Mualliflik huquqi ob’ektlarining nusxalari yagona bazada saqlanadi
Jamiyat
−
23 avgust 2022
4065Mualliflik huquqi ob’ektlarining elektron nazorat nusxalarini yagona bazada saqlash tartibi belgilandi. Bu haqda kecha, 22 avgust kuni Vazirlar Mahkamasi qarori bilan tasdiqlangan Mualliflik huquqi ob’ektlarining elektron nazorat nusxalarini yagona bazada saqlash tartibi to‘g‘risida nizomda qayd etilgan.
Mazkur Nizom mualliflik huquqi ob’ektlarini saqlashga qabul qiluvchi tashkilotlar (depozitariylar) tomonidan mualliflik huquqi ob’ektlarining elektron nazorat nusxalarini Mualliflik huquqi ob’ektlarining yagona bazasida (Yagona baza) saqlash tartibini belgilaydi.
Yagona bazani yuritish, texnik ta’minlash hamda mualliflik huquqi ob’ektlarining elektron nazorat nusxalarini Yagona bazaga kiritish jarayonlari Adliya vazirligi huzuridagi “Intellektual mulk markazi” davlat muassasasi tomonidan muvofiqlashtiriladi.
Yagona bazada quyidagi mualliflik huquqi ob’ektlarining elektron nazorat nusxalari saqlanadi:
• adabiy asarlar (adabiy-badiiy, ilmiy, o‘quv, publitsistik va boshqa asarlar);
• drama va ssenariy asarlari;
• matnli yoki matnsiz musiqa asarlari;
• musiqali drama asarlari;
• xoreografiya asarlari va pantomimalar;
• audiovizual asarlar;
• rangtasvir, haykaltaroshlik, grafika, dizayn asarlari va tasviriy san’atning boshqa asarlari;
• manzarali-amaliy va sahna bezagi san’ati asarlari;
• arxitektura, shaharsozlik va sahna bezagi san’ati asarlari;
• fotografiya asarlari va fotografiyaga o‘xshash usullarda yaratilgan asarlar;
• geografiya, geologiya xaritalari va boshqa xaritalar, geografiya, topografiya va boshqa fanlarga taalluqli tarhlar, eskizlar va asarlar;
• barcha turdagi elektron hosoblash mashinalari uchun dasturlar.
Mualliflik huquqi ob’ektining elektron nazorat nusxalari Yagona bazada muddatsiz saqlanadi.
Mualliflik huquqi ob’ektining Yagona bazaga kiritilganligi haqidagi ma’lumotlar tanishib chiqish uchun ochiq hisoblanadi.
LiveBarchasi