Muhojir boshini yerga urib, o‘zini o‘ldirdi

Olam

image

Turkiya harbiylari Gretsiya hukumati noqonuniy ravishda Turkiyaga deportatsiya qilmoqchi bo‘lgan 107 nafar noqonuniy muhojirni qutqarib oldi. Bu haqda Turkiya Milliy mudofaa vazirligi xabar berdi

Qayd etilishicha, 12 avgust kuni Edirna viloyatining Gretsiya bilan chegarasida patrul guruhlari 108 nafar noqonuniy muhojirni aniqlagan, ulardan biri halok bo‘lgan. Hibsga olinganlar bilan suhbat chog‘ida erkak yunon harbiylarining agressiv harakatlari natijasida boshini yerga urib halok bo‘lgani aniqlangan. 

Noqonuniy migrantlar sog‘lig‘ini tekshirish uchun shifoxonaga jo‘natilgan. Marhumning jasadi prokuratura buyrug‘i bilan sud-tibbiy ekspertizadan o‘tkazish uchun Edirnadagi Sud-tibbiyot ekspertizasi institutiga topshirilgan. 

Turkiya Mudofaa vazirligi ham Gretsiyadagi noqonuniy muhojirlarga munosabat aks etgan videoni e’lon qildi. Videodagi odamlar 4 kun davomida oziq-ovqat va suvsiz qolib, pullari, telefonlari va bor narsalarini musodara qilganliklarini aytishadi. Majburiy deportatsiya paytida ularga nisbatan shafqatsiz munosabatda bo‘lingan. 

Muhojirlar hibsga olingan kundan boshlab qamoqxonada saqlanayotganlarini aytishgan. Ularga ko‘ra, Gretsiya harbiylari qo‘lida bo‘lgan yuzlab odamlarning hayoti xavf ostida.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

469

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing