Muhammadiso Abdulhairov mas’ullardan gaz va “svet”ga qo‘shib quyoshni ham to‘sib qo‘yishni so‘radi (video)

Madaniyat-san’at

image

Taniqli teatr va kino aktyori Muhammadiso Abdulhairov sovuq ob-havo sabab respublikada kuzatilayotgan vaziyatga o‘z munosabatini bildirdi.

“Yaxshi o‘tiribsizlarmi? Ha, ahvolingiz yaxshi emasligini bilaman. Sababi bu Allohning bir ne’mati. Sovuq tushdi, bu ham kerakli narsa. Yerga maza, hamma yoq qor. Baribir shukur deymiz”, deya boshlagan aktyor o‘z video murojaatini.

Shundan so‘ng u mas’ullarga yuzlanar ekan, bugungi vaziyat xuddi ibtidoiy davrlarga o‘xshashini keltirib o‘tgan. 

“Ba’zan ikkilanib qolaman: nechanchi asrda yashayotganimizni esimdan chiqarib qo‘yaman. III asrmi hozir yo IV asr?  Yoki V asrda yashayapmizmi? Eslolmayapman. Sababi o‘sha paytlari ham shunaqa o‘tirilgan”, degan aktyor o‘zining uy ichida bosh kiyim, kurtka va chopon kiyib olganiga ishora qilib. 

Muhammadiso Abdulhairov o‘sha paytda ham uylarda “svet”, gaz, internet, umuman hech qanday sivilizatsiya bo‘lmaganini aytib, bugungi kundagi O‘zbekiston aholisini ham o‘sha davrdagi insonlarga o‘xshatgan. 

“Zo‘r, gap yo‘q! “Svet”, gaz yo‘q. Men sizlarni yaxshi ko‘raman! Davom etinglar, juda ham esda qolarli ishlar bo‘lyapti. Xalqning duosiga qolyapsizlar. Rahmat sizlarga. 

“Svet”, gaz bizlarga kerak emas. Biz maza qilib o‘tiribmiz. Iloji bo‘lsa mana bu Quyoshni ham to‘sib qo‘ysangiz, zo‘r bo‘lardi. Quyosh ham kerak emas bizga”,  degan u zaharxanda bilan.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing