Muhammad Alini mag‘lub qilgan bokschi vafot etdi

Sport

image

Butunjahon boks kengashi (WBC) va Butunjahon boks assotsiatsiyasi (WBA)ning og‘ir vazn toifasida sobiq jahon chempioni, amerikalik Leon Spinks 67 yoshida vafot etdi. Bu haqda “BoxingScene” portali xabar bermoqda.

Ma’lum qilinishicha, uning o‘limiga saraton sabab bo‘lgan. Bundan besh yil oldin unga prostata saratoni tashxisi qo‘yilgan.

Spinks – 1976 yilgi Olimpiya chempioni. 1978 yil fevral oyida afsonaviy Muhammad Ali ustidan qozonilgan shov-shuvli g‘alaba unga shuhrat keltirdgan. 36 yoshli Ali kariyerasini ushbu jang bilan yakunlashni rejalashtirgan, u oson g‘alabaga umid bog‘lagan va deyarli mashq qilmagan. Ammo oxir-oqibat, professional boksdagi sakkizinchi jangini o‘tkazayotgan Spinks g‘alaba qozongan.

Qasos olish uchun Ali karerasini yakunlash to‘g‘risidagi qarorini o‘zgartirgan, yaxshi tayyorgarlik ko‘rgan va o‘sha yilning sentyabr oyida hakamlarning bir ovozli qaror bilan Spinksni ishonchli tarzda mag‘lub etgan.

Shundan so‘ng, Spinks yana bir necha yilni yuqori darajada o‘tkazdi, 1981 yilda u WBC kamari uchun kurashda Larri Xolmsga nokaut bilan yutqazdi, ammo alkogol va giyohvand moddalar bilan bog‘liq muammolar tufayli uning karerasi tezda pasayishni boshladi. Hammasi bo‘lib, Spinks professional ringda 46 ta jang o‘tkazgan, uning hisobiga 26 g‘alaba (14 nokaut), 17 mag‘lubiyat va 3 durang yozib qo‘yilgan.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

467

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing