Mourino Yevropa Superligasi tufayli ishsiz qoldi

Olam

image
0:00
0:00
download

“Tottenxem” klubi rahbariyati jamoa bosh murabbiyi Joze Mourinoni vazifasidan ozod qildi. Bu xaqda “The Athletic” xabar qildi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, Joze Mourino “Tottenxem”ning Yevropa Superligasiga ko‘shilishi haqidagi xabarlardan so‘ng klub futbolchilariga mashg‘ulot o‘tishdan bosh tortgan. Shundan so‘ng, klub rahbariyati murabbiyni ishdan bo‘shatdi.

Shartnomaga ko‘ra, klub Jozeni muddatidan ilgari vazifasidan ozod qilgani bois, shartnomani buzgan hisoblanadi va murabbiyga 30 million funt-sterling miqdorida tovon to‘laydi. 58 yoshli murabbiyning shartnomasi 2022/2023 yilgi mavsumda yakuniga yetishi kerak edi.

Avval xabar berganimizdek, Yevropaning TOP-15 futbol klubi yangi chempionat – Yevropa Superligasi tashkil etilganini e’lon qildi.

Yangi chempionat turli bahs-mulohazalarga sabab bo‘lmoqda. Xususan, FIFA kecha tashkil etilgan Yevropa Superligasi haqida munosabat bildirdi.

“Jahon miqyosida futbolni rivojlantirish FIFA’ning asosiy vazifasidir. Nizomga muvofiq, har qanday milliy, mintaqaviy va global miqyosdagi futbol turnirlari har doim moliyaviy taqsimotning asosiy tamoyillarini aks ettirishi kerak. FIFA xalqaro futbol tuzilmalaridan tashqaridagi Superligaga noroziligini bildiradi. FIFA doim jahon futbolidagi birdamlikni qo‘llab-quvvatlaydi va qizg‘in muhokamalarda ishtirok etayotgan tomonlarni muvozanatli muloqotga chorlaydi”, deyiladi tashkilot bayonotida.

Ko‘plab nashrlarda aytilishicha, klublar Yevropa Superligasida ishtirok etishga rozi bo‘layotgani moliyaviy sababga borib taqaladi. Manbaga ko‘ra, Superligaga qo‘shilishga rozi bo‘lgan jamoalarning har biri 425 million dollar oladi. Shunchaki Ligaga qo‘shilish taklifini qabul qilganlik uchun...

Superliga yiliga taxminan 4 milliard yevro foyda qilishi taxmin qilinyapti. Bu degani jamoalar musobaqadagi ishtirokidan kelib chiqqan holda o‘rtacha 264 million yevro ishlab olishi mumkin. Solishtirish uchun “Liverpul” 2018-2019 yilgi mavsum Chempionlar Ligasi g‘olibligidan 111 million yevro olgandi.

Bokirxon Qosimxonov


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Baholaganlar

318

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing