Mountain Dew brendi matbuot xizmati tadbirda yuzaga kelgan vaziyatga izoh berdi
Biznes
−
29 Oktabr 2022
13800Mountain Dew brendining O‘zbekistondagi matbuot xizmati QALAMPIR.UZ’ga 15-16 oktyabr kunlari Toshkent shahrining Bektemir tumanida o‘tkazilgan tadbirda yuz bergan hodisa yuzasidan izoh berdi.
Qayd etilishicha, qizlarning nojo‘ya xatti-harakatlari aks etgan havaskor videoning Mountain Dew brendi taqdimotiga hech qanday aloqasi yo‘q. Bu video ushbu brendning reklamasi emas.
“Bu tadbirda qatnashgan ishchi guruhi tarkibidagi bu qizlar agentlik orqali faqatgina mahsulotni namoyish qilish uchun jalb qilingan.
Ushbu videoni tasvirga olgan va tarqatgan shaxslarning kimligi bizga ma’lum emas va ularning bu tadbirga hech qanday rasmiy aloqasi yo‘q”, deyiladi Mountain Dew brendining O‘zbekistondagi matbuot xizmati izohida.
LiveBarchasi
Medvedev Xitoyga bordi.
10:15