Moskvadan Urganchga uchgan samolyot favqulodda qo‘ndi
Jamiyat
−
19 Oktabr 2022
9858Rossiyaning Moskva shahridan Urganchga uchgan samolyot Samarada favqulodda qo‘ndi. Bu haqda “Uzbekistan Airports” Matbuot xizmati xabar berdi.
“Azimut” aviakompaniyasining Moskva-Urganch yo‘nalishida AZO-7059 reysini amalga oshirayotgan SSJ-100 samolyoti yo‘lovchining sog‘lig‘ining yomonlashgani sabab Samara shahrida favqulodda qo‘nishni amalga oshirdi.
Jadvalga ko‘ra, samolyot Urganch xalqaro aeroportiga mahalliy vaqt bilan soat 07:35 da qo‘nishi kerak bo‘lgan.
“Majburiy qo‘nish sababli parvoz kechiktirilmoqda. Xususuan, Urganch aeroportiga yetib kelish mahalliy vaqt bilan soat 10:15 ga belgilangan. Urganchdan jo‘nash esa soat 11:00 da rejalashtirilmoqda. “Vnukovo” aeroportiga yetib kelish Moskva vaqti bilan soat 13:00 ga rejalashtirilgan”, deyiladi xabarda.
LiveBarchasi