Moskvadan Samarqandga repatriatsiya qatnovlari yo‘lga qo‘yiladi

Jamiyat

image
0:00
0:00
download

“Uzbekistan Airways” aviakompaniyasi joriy yilning 29 martidan 30 aprelga qadar haftada ikki marotaba dushanba va juma kunlari Moskva shahridan Samarqand shahriga repatriatsiya qatnovlarini bajaradi. Bu haqda O‘zbekiston Transport vazirligi xabar berdi.

Moskva (Vnukovo) – Samarqand uchish vaqti soat 00:05, yetib kelish vaqti soat 06:05 qilib belgilangan.

Aviachiptalarni kompaniyaning veb-sayti, “Uzbekistan airways sales” yoki aviakompaniya agentlarining ofislarida sotib olish mumkin.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

392

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing