Moskvada Jonsonni ayolga qiyoslangan surat osib ketildi
Olam
−
30 iyun 2022
10926Bugun, 30 iyun kuni Buyuk Britaniyaning Moskvadagi elchixonasi yonida Bosh vazir Boris Jonsonga bag‘ishlangan haqoratomuz plakat paydo bo‘ldi. Uning surati ostidagi sarlavhaga unga nisbatan haqoratli so‘zlar yozilgan.
Bildirilishicha, bir necha metr uzunlikdagi bannerda Buyuk Britaniya bayrog‘i fonida Bosh vazir Boris Jonson chiroyli ayol libosida tasvirlangan va bu g‘oya mualliflari Bosh vazirga istehzo bilan murojaat qilib, "Rossiya Prezidenti Vladimir Putin agar ayol bo‘lsa, u Ukrainada maxsus operatsiya boshlamagan bo‘lar edi", deb yozgan.
Eslatma uchun, Buyuk Britaniya Bosh vaziri Boris Jonson ZDF nemis nashriga bergan intervyusida Putinning Ukrainaga boshlagan harbiy hujumi haqida shunday degan edi:
“Agar Rossiya Prezidenti Vladimir Putin ayol bo‘lganida, urush boshlanmasdi, agar Putin ayol bo‘lganida edi, albatta, u ojiza emas – lekin agar shunday bo‘lganida edi, menimcha, u hozir amalga oshirgan bemazmun urush, bosqin va zo‘ravonlikni qilmagan bo‘lardi”.
Abdulvohid Yoqubov
LiveBarchasi