Moskvada o‘zbekistonlik va tojikistonlik migrantlar miting o‘tkazdi

3-sahifa

image

Rossiya Federatsiyasida mehnat qilib, o‘tgan yilning noyabr oyidan beri oylik maoshini olmagan o‘zbekistonlik va tojikistonlik minglab migrantlar Moskvada miting uyushtirdi. Vaziyatni o‘rgangan O‘zbekiston Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi hodisaga izoh berdi.

Qayd etilishicha, joriy yilning 22 fevral kuni Moskva shahridagi “Srocus Group” qurilish maydonchasida mehnat migrantlari tomonidan norozilik harakati uyushtirilgan. Namoyishga ish haqining o‘z vaqtida to‘lanmagani sabab bo‘lgan. Shundan so‘ng korxona rahbariyati fuqarolar bilan uchrashib, ularning ishlagan barcha maoshlarini to‘lab berishni va’da qilgan.

Tashqi mehnat migratsiyasi agentligining Rossiya Federatsiyasidagi vakolatxonasi miting oqibatida jarohat olganlar va hibsga olinganlar orasida O‘zbekiston fuqarolari yo‘qligini ma’lum qilgan.

Alibek Beyjanov


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

online_predictionLive

Barchasicall_made