Moskvada O‘zbekiston fuqarolari odam o‘g‘irladi (video)
Olam
−
19 Oktabr 2022
16902Rossiya poytaxti Moskva markazida ikki nafar O‘zbekiston fuqarosi bir odamni o‘g‘irlab ketdi va uning qarindoshlaridan 400 ming rubl pul talab qildi. Bu haqda Rossiya Tergov qo‘mitasining Moskva boshqarmasi vakili Yuliya Ivanova ma’lum qildi.
Tergov ma’lumotlariga ko‘ra, 24 va 36 yoshli O‘zbekiston fuqarosi bo‘lgan o‘g‘rilar joriy yilning 13 oktyabr kuni Zemlyanoy Val ko‘chasidagi turar-joy binosining yonida jabrlanuvchini ushlab, o‘ldirish bilan tahdid qilgan. Uni majburan mashinaga o‘tkazgan.
So‘ng uni Moskva va viloyatlar bo‘ylab olib yurishgan va kaltaklashgan. Garovga olingan shaxsning qarindoshlaridan telefon orqali to‘lov talab qilishgan.
Qayd etilishicha, mazkur holat yuzasidan jinoiy ish ochilgan. Hozirda odam o‘g‘rilari bilan tergov harakatlari olib borilmoqda.
LiveBarchasi