Moskvada O‘zbekiston elchixona va konsulligi “minalangani” tekshirilmoqda
Olam
−
12 fevral 2022
10645Moskva politsiyasi Tojikiston, O‘zbekiston va AQSH elchixonalari va konsulliklarini “minalash” haqidagi faktlarni tekshirmoqda. Bu haqda huquq-tartibot idoralarida ma’lum qilgan.
“Federal xavfsizlik xizmatiga kecha, 11 fevral kuni elektron pochta orqali bir erkakdan uning 44 yoshli sherigi Tojikiston, O‘zbekiston va AQSH elchixonasi va bosh konsulligi bo‘limiga portlovchi moddalar solingan ryukzaklarni qo‘yib ketgani haqida ikkita xat jo‘natgan”, deydi manba.
Shuningdek, Rossiya Markaziy banki va Qizil maydon ham "minalangan"i aytilgan. Barcha binolar kinologlar tomonidan tekshirilgan, portlovchi moddalar va qurilmalar topilmagan. Hech qanday evakuatsiya ishlari ham amalga oshirilmagan. Politsiya ushbu xabarlarni tekshirishga kirishgan.
LiveBarchasi