Moskvada o‘tkazilgan eng go‘zal migrant ko‘rik tanlovida o‘zbekistonlik qiz g‘alaba qozondi

Jamiyat

image
0:00
0:00
download

Rossiya poytaxti Moskva shahrida muhojir qizlar o‘rtasida go‘zallik tanlovi bo‘lib o‘tdi. G‘alabani o‘zbekistonlik Rushana Karimova qo‘lga kiritdi. Bu haqda “Sputnik” nashri xabar berdi.

Qayd etilishicha, g‘olib finalda lazgi raqsini ijro etib, hakamlar hay’ati lol qoldirgan. Sovrin sifatida u Moskva moliya va huquq universitetida (MFYUA) o‘qish uchun sertifikat olgan.

Ma’lum qilinishicha, Rushana Karimova biznes bilan shug‘ullanadi, bo‘sh vaqtini vizajistikaga sarflaydi. Bundan tashqari, u ingliz tilini o‘rganmoqda, shuning uchun u tadbir so‘nggida nutqining bir qismini chet tilida talaffuz qila olgan.

Tadbir Rossiyadagi muhojirlar federatsiyasi tomonidan tashkil etilgan. Unda 13 davlatdan kelgan 50 nafar qiz qatnashgan. Biroq finalgacha Tojikiston, Qirg‘iziston, Turkmaniston, O‘zbekiston va Rossiyadan kelgan 10 nafar qiz yetib borgan. 


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

2765

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing