Moskvada Toshkent kunlari o‘tkaziladi

Jamiyat

image

Shu kunlarda Toshkent shahar hokimligi delegatsiyasining Moskva shahriga tashrifi amalga oshirilmoqda. Delegatsiya a’zolari dastlab Moskva hukumati Tashqi iqtisodiy va xalqaro aloqalar departamentida bo‘lib o‘tgan uchrashuvda ishtirok etishdi. O‘zaro muloqot davomida tomonlar Moskva shahrida “Toshkent kunlari”ni o‘tkazish masalasini muhokama qilindi. 

Bektemir tuman hokimi Shohrux Mamajonov boshchiligidagi Toshkent shahar hokimligi delegatsiyasi Yunusobod va Sergeli tumanlari hokimlari o‘rinbosarlari, Iqtisodiyot va sanoat bosh boshqarmasi xodimlari hamda tadbirkorlardan tashkil topgan bo‘lib, delegatsiya a’zolari Moskva shahar Savdo sanoat palatasi mutasaddilari bilan uchrashdi.

Yig‘ilishda Moskva shahar SSP vitse-prezidenti Suren Vardanyan toshkentlik tadbirkorlarga Moskva shahridagi biznes muhiti, iqtisodiy shart-sharoitlar borasida atroflicha ma’lumot berdi. Shuningdek, ikki tomon vakillari o‘zaro hamkorlik yo‘nalishlari haqida fikr almashishdi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

6

Reyting

2.7

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing