Moskvada talabalarni ISHIDga jalb qilgan shaxs ushlandi. U markaziy osiyolik

Olam

image
0:00
0:00
download

Bugun, 17 dekabr kuni Rossiya Federal xavfsizlik xizmati (FXX) xodimlari Moskvadagi talabalar yotoqxonasida yoshlarni ISHID terrorchilik tashkiloti safiga jalb qilib kelgan markaziy osiyolikni qo‘lga oldi. Bu haqda TASS FXXning Moskva va Moskva viloyati boshqarmasiga tayanib, xabar berdi.

Shubhali shaxs Rossiya texnologiya universiteti yotoqxonasida ushlangan. U talabalarni terrorchilik va ekstremistik harakatlarga jalb qilish bilan shug‘ullangan. Uni qo‘lga olish bo‘yicha maxsus operatsiya FXX tomonidan Ichki ishlar vazirligi va Rossiya Milliy gvardiyasi bilan hamkorlikda o‘tkazilgan.

Gumonlanuvchi Rossiya texnologiya universiteti talabasi bo‘lib, Markaziy Osiyo davlatidan o‘qish uchun Moskvaga kelgan. Talabalar orasida u ISHID terrorchilari faoliyatini oqlab, ularning targ‘iboti bilan shug‘ullangan, internetda ularning mafkurasi haqidagi materiallarni tarqatgan. Hibsga olingan shaxs talabalarni Iroq va Suriyada xalifalik o‘rnatish uchun qurolli kurash olib borishga chaqirgan.

 

Shahlo Orziyeva


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Baholaganlar

158

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing