Moskvada Prezidentlardan oldin vazirlar uchrashdi
Jamiyat
−
19 noyabr 2021
7652Kecha, 18 noyabr kuni Moskva shahrida O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov Rossiya Federatsiyasi Tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov bilan uchrashdi.
Tashqi siyosat mahkamalari rahbarlari oliy darajadagi Rossiyaga kutilayotgan tashrifga tomonlarning tayyorligi yuqori darajada ekanini mamnuniyat bilan qayd etdilar hamda davlatlararo munosabatlarning dolzarb masalalarini muhokama qildilar.
Ikki mamlakatning xalqaro va mintaqaviy tashkilotlar doirasida yaqin aloqalarni davom ettirish va o‘zaro qo‘llab-quvvatlashga tayyorligi bildirildi.
Afg‘onistondagi vaziyat yuzasidan fikr almashildi.
Uchrashuv yakunida vazirlar axborot va biologik xavfsizlik sohasida qator ikki tomonlama hujjatlar, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi va Rossiya Federatsiyasi Tashqi ishlar vazirligi o‘rtasida 2022-2023 yillarga mo‘ljallangan hamkorlik dasturini imzoladilar.
Eslatib o‘tamiz, bugun, 19 noyabr kuni O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Vladimir Putinning taklifiga binoan Rossiyaga jo‘nab ketdi.
LiveBarchasi