Moskvada ota-ona qaramog‘isiz qolgan 4 bola O‘zbekistonga qaytarildi
Jamiyat
−
18 Oktabr
1643Kecha, 17 oktyabr kuni Ichki ishlar vazirligi va Ijtimoiy himoya milliy agentligi xodimlari Toshkent shahar xalqaro aeroportida yana 4 nafar voyaga yetmagan O‘zbekiston fuqarosini kutib oldi. Bu haqda Ijtimoiy himoya milliy agentligi xabar berdi.
Qayd etilishicha, ular Rossiya Federatsiyasi Ichki ishlar vazirligi Moskva shahri Bosh boshqarmasining Voyaga yetmagan huquqbuzarlarni vaqtincha saqlash markazi xodimlari tomonidan “MDH ishtirokchi davlatlarining voyaga yetmaganlarni doimiy yashash joyiga qaytarish masalalarida hamkorlik to‘g‘risidagi bitim” doirasida vatanga qaytarilgan.
Bildirilishicha, joriy yilda jami 100 nafar voyaga yetmagan fuqaro O‘zbekistonga qaytarilib, ota-onalari yoki yaqin qarindoshlari qaramog‘iga topshirilgan.
“Xorijda og‘ir hayotiy vaziyatga tushib qolgan bolalarni qaytarish va ularga ijtimoiy yordam ko‘rsatish ishlari izchil davom ettirilmoqda”, deyiladi xabarda.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq ota-ona qaramog‘isiz qolgan Rossiya Federatsiyasidan 1 nafar, Xitoy Xalq Respublikasi ikki nafar bola O‘zbekistonga qaytarilgan edi.
LiveBarchasi