Moskvada kommunal sohada migrantlar soni qisqartirildi
Olam
−
02 dekabr 2021 5226 1 daqiqa
Rossiya poytaxti Moskvada kommunal xizmatlari sohasida faoliyat olib boruvchi migrantlar soni 40 foizga kamaydi – 100 mingdan 60 minggacha. Bu haqda Moskva merining uy-joy kommunal xo‘jaligi va obodonlashtirish masalalari bo‘yicha o‘rinbosari Pyotr Biryukov ma’lum qildi.
“Agar avvallari ishchilarimiz orasida migrantlar soni 100 mingga yetgan bo‘lsa, hozir 60 mingga yaqin. Nafaqat migrantlar, balki bu sohada band bo‘lganlarning umumiy soni ham kamaydi - 600 mingdan 450 minggacha”, degan Biryukov.
Uning so‘zlariga ko‘ra, bunga 3 ta chora: yangi texnologiyalarni qo‘llash, mehnat unumdorligini oshirish va ish jarayonlarini tashkil etish evaziga erishilgan.
Bugungi kunda migrantlar nafaqat hovli tozalovchi, balki chilangar, bo‘yoqchi bo‘lib ham ishlamoqda, ular uchun barcha zarur yashash sharoitlari yaratilgan, deydi Biryukov.
Ular har jihatdan qulay shaharchalarda istiqomat qiladi va tibbiy yordam bilan ta’minlangan.
Mer o‘rinbosarining so‘zlariga ko‘ra, bugungi kunda mashina va asbob-uskunalar ulushi yuqori bo‘lganligi sababli yangi kasb-hunarlarni o‘rganishga tayyor bo‘lgan xodimlarga ehtiyoj sezilmoqda.
Live
Barchasi