Moskvada qolayotgan 422 nafar o‘zbekistonlik Vatanga qaytarildi

Jamiyat

image

Pandemiya sabab Rossiyada qolib ketgan yana 422 nafar o‘zbekistonlik Vatanga qaytarildi. Bu haqda "Uzbekistan Airports" xabar bermoqda. 

Qayd etilishicha, bugun, 25 sentyabr soat 18:04 da Namangan xalqaro aeroportiga ilk bor "Nordwind Airlines" aviakompaniyasining Boeing-777 rusumli havo kemasi kelib qo‘ngan.


Unda Moskva shahridan 442 nafar  O‘zbekiston fuqarosi charter reysi orqali olib  kelingan.

Ushbu  reysda O‘zbekistonga kelgan yo‘lovchilar parvozdan oldin 72 soatdan ko‘p bo‘lmagan muddatda tekshiruvdan o‘tkazilganlar. 
Koronavirus infeksiyasining tarqalishi oldini olish maqsadida ularga 14 kun ichida o‘zini o‘zi yakkalash  talabi qo‘yilgan va o‘z manzillariga kuzatilgan.   

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekistonga koronavirusning kirib kelishi va tarqalishining oldini olish yuzasidan chora-tadbirlar dasturini tayyorlash bo‘yicha respublika maxsus komissiyasi 17 sentyabrdagi qarori asosida, xorijiy davlatlardan avia, temir yo‘l va avtotransport vositasi orqali O‘zbekistonga keluvchi shaxslarni qabul qilishning yangi tartibi joriy etildi. 

So‘nggi 14 kun davomida “yashil” davlatda (Xitoy, Tailand, Malayziya, Janubiy Koreya, Gruziya, Vengriya, Finlandiya, Latviya, Avstriya va Yaponiya) bo‘lib turgan shaxslar – O‘zbekiston hududiga to‘g‘ridan to‘g‘ri kiritiladi.

“Sariq” (Ozarbayjon, Belarus, BAA va Yevropa Ittifoqi davlatlari (Buyuk Britaniya va Ispaniya bundan mustasno) hamda “qizil” davlatlardan (qolgan barcha davlatlar) kirib kelayotgan shaxslar – so‘nggi 72 soat davomidagi koronavirusga PZR testi manfiy natijalari to‘g‘risida ma’lumotnoma taqdim etgan holda O‘zbekiston hududiga kiritiladi.

Agar shaxs so‘nggi 72 soat ichida koronavirusga test topshirmagan bo‘lsa yoki shaxsda koronavirus infeksiyasining alomatlari (yo‘tal, isitma va b.q.) mavjud bo‘lsa, O‘zbekistonga kelganidan so‘ng o‘tkazish punkti (aeroport, vokzal yoki boshqa) hududida o‘z hisobidan koronavirusga PZR yoki ekspress-test yoxud antigen tekshiruvidan o‘tadi hamda O‘zbekiston hududiga kiritilib, 14 kunga mehmonxonaga yoki uy karantiniga yuboriladi.

O‘zbekistonga kelayotgan shaxslardan 14 kun davomida mehmonxonada yoki uy karantinida bo‘lish majburiyatini zimmasiga olish to‘g‘risida tilxat olinadi.

Tekshiruv natijalari musbat bo‘lgan taqdirda, shaxs belgilangan tartibda karantin markazi yoki xohishiga ko‘ra mehmonxonaga karantinga joylashtiriladi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

53

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing