Moskvada qamalgan sportchi ishi. AQSH Rossiya xalqaro huquqni buzayotganini iddao qildi

Sport

image

Rossiya Federatsiyasi giyohvand moddalar kontrabandasida ayblanib, hibsga olingan amerikalik basketbolchi Brittini Graynerga AQSHning Rossiyadagi konsullik idorasi vakillari bilan ko‘rishishga  ruxsat bermayapti. Bu haqda “AZ Central” nashri xabar bermoqda.

AQSH Davlat kotibi Entoni Blinkenning ta’kidlashicha, Amerika tomon Graynerning ahvolini o‘z ko‘zi bilan ko‘rmoqchi. Bu jarayon to‘liq xalqaro huquq normalariga mos ravishda amalga oshiriladi. Ammo Rossiya tomon Grayner bilan ko‘rishishga ruxsat bermayapti.

“Biz uning [Graynerning] ahvolini o‘z ko‘zimiz bilan ko‘rmoqchimiz. Bu jarayonni xalqaro huquq me’yorlariga muvofiq amalga oshirishimiz mumkin. Ruslar bizga shunday ruxsat berishga majbur. Lekin ular bunday qilishgani yo‘q. Bizning so‘rovimizni rad etishdi. AQSH Davlat departamenti u [Grayner] bilan uchrashish va uni bevosita eshitish uchun juda ko‘p harakat qilmoqda. Biz uning huquqlari Rossiya tizimida hurmat qilinishini ta’minlash uchun qo‘limizdan kelganini qilmoqdamiz”, degan Blinken.

Avvalroq, amerikalik taniqli siyosatchi Xillari Klinton Brittini Graynerga ozodlik so‘ragani haqida xabar bergan edik.

 

Ma’ruf Abdumalikov


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Baholaganlar

87

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing