Moskvada 18 yoshli o‘zbekistonlik ayol jinsiy qullikdan qochdi
Olam
−
05 mart 2020
10674Moskva huquq-tartibot idoralari bir necha oylar davomida jinsiy qullikda saqlanayotgan 18 yoshli o‘zbekistonlik ayolning arizasi bo‘yicha tekshiruvlarni o‘tkazmoqda. Bu haqda RT xabar bermoqda.
Qizning aytishicha, 2019 yil boshida u dugonasining taklifiga binoan poytaxtga kelgan.
Jabrlanuvchi sotuvchi bo‘lib ishlashi rejalashtirilgan, ammo hammasi boshqacha bo‘lib chiqqan. O‘zbekistonlik ayolning so‘zlariga ko‘ra, Moskvada uni qo‘pol ravishda fohishalik bilan shug‘ullanishga majburlashgan.
Uni Lyublino tumanidagi kvartiraga olib kelishgan va bir necha oy davomida erkaklar bilan pul uchun vaqt o‘tkazishga majburlashgan.
“Vaziyat qiz qochishga uringanidan keyin yomonlashdi. Uning qochishi muvaffaqiyatsiz bo‘ldi, fohishaxona taxminiy tashkilotchilari uni topib qaytarib kelishdi”, deyiladi xabarda.
Jabrlanuvchining so‘zlariga ko‘ra, bir necha qiz uni doimiy ravishda kaltaklagan va oilasini o‘ldirish bilan tahdid qilgan. Endi uni fohishalik bilan bepul shug‘ullanishga majbur qilishgan.
O‘zbekistonlik ayol ikkinchi marta qochishga uringan. U politsiyaga murojaat qilgan. Huquq-tartibot idoralari xodimlari ko‘rsatilgan manzilga yetib kelib, 29 va 19 yoshli ikki nafar o‘zbekistonlik ayollarni qo‘lga olgan.
Ayni vaqtda ushbu holat bo‘yicha tekshiruv davom etmoqda.
LiveBarchasi