Moskva viloyatida yong‘in: 4 kishi halok bo‘ldi. Ular o‘zbekistonlik bo‘lishi mumkin

3-sahifa

image

Moskva viloyatining Solnechnogorsk rayonidagi qurilish kabinalari shaharchasida sodir bo‘lgan yong‘in oqibatida to‘rt nafar migrant halok bo‘ldi, ikki nafari jarohat oldi. Ular O‘zbekiston fuqarosi bo‘lishi mumkin. Bu haqda TASS favqulodda xizmatlardagi manbasiga tayanib, xabar berdi.

“Solnechnogorsk rayonida ob’ekt qurilishi chog‘ida yong‘in sodir bo‘ldi. To‘rt nafar xorijlik ishchi halok bo‘ldi, ikki nafari jarohat oldi”, deyiladi xabarda.

Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, halok bo‘lganlar va jarohatlanganlarning barchasi O‘zbekiston fuqarolaridir. Ularning shahri “Senej” sanatoriysi hududida joylashgan edi.

Rossiya Federatsiyasi Favqulodda vaziyatlar vazirligining Moskva yaqinidagi bosh boshqarmasi matbuot xizmati aniqlik kiritishicha, yong‘in Moskva vaqti bilan taxminan 10:27 da boshlangan. Yonish maydoni 200 kvadrat metrni tashkil etgan. Soat 15:40da yong‘in to‘liq o‘chirilgan.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

158

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing