Moskva To‘qayevdan ranjidimi? Zaxarova bayonot bilan chiqdi
Olam
−
23 iyun 2022
21075Rossiya Qozog‘istonning dolzarb xalqaro muammolar, jumladan, Ukraina mojarosi bo‘yicha nuqtai nazarini hurmat qiladi va unga bosim o‘tkazmoqchi emas. Bu haqda Rossiya Tashqi ishlar vazirligi rasmiy vakili Mariya Zaxarova ma’lum qildi.
“Bizning yondashuvlarimiz turlicha bo‘lishi mumkin, biroq demokratiya va plyuralizmga sodiqligiga qaramay, o‘zga fikrlarga toqat qila olmaydigan G‘arb rejimlaridan farqli o‘laroq, biz sheriklarimizni hurmat qilamiz”, deydi Zaxarova Qozog‘istonning ayirmachilar nazoratidagi Donetsk va Lugansk xalq respublikalarini tan olmasligi haqidagi qarorini sharhlab.
Uning so‘zlariga ko‘ra, Moskva o‘z milliy qadriyatlarini qo‘llab-quvvatlashda davom etadi, biroq Nur-Sulton bilan o‘zaro hurmat va manfaat asosida umumiy til topishadi.
Eslatib o‘tamiz, Qozog‘iston Prezidenti Qosim-Jomart To‘qayev Sankt-Peterburg xalqaro iqtisodiy forumining yalpi majlisida o‘zini mustaqil deb e’lon qilgan Donetsk va Lugansk xalq respublikalari (DXR va LXR) ni tan olmasligi va ularni kvazi-davlatlar deb hisoblashini ma’lum qilgandi. To‘qayev xalqlarning o‘z davlatiga bo‘lgan huquqi va mavjud davlat chegaralaridan ajralib chiqish istagi dunyoning bo‘linishiga olib kelishini aytgandi.
LiveBarchasi