Moskva Pxenyanga havo mudofaa tizimlarini yetkazib beryapti – MSMT

Olam

image

O‘tgan yil oxiridan beri Rossiya Shimoliy Koreyani uzoq masofaga uchuvchi qurollar bilan ta’minlab kelmoqda. Bu haqda AQSH, Germaniya, Janubiy Koreya, Yaponiya va boshqa davlatlar tomonidan tuzilgan Ko‘p tomonlama Sanksiya monitoringi guruhi (MSMT)ning kecha, 29 may kuni e’lon qilingan hisobotida so‘z boradi.

Guruh Moskva Pxenyanga kamida bitta “Pansir” zenit-raketa majmuasini yetkazib berganini aniqladi. Bu BMTning KXDRga qarshi qo‘ygan, unga qurol yetkazib berishga embargo qo‘yishni nazarda tutgan sanksiyalariga ziddir.

Ko‘p tomonlama sanksiyalar monitoringi guruhi 2024 yil oktyabr oyida AQSH va Janubiy Koreya tashabbusi bilan Shimoliy Koreyaga qarshi sanksiyalarni kuzatish uchun tuzilgan. Guruhning tashkil etilishidan oldin Rossiya tashabbusi bilan BMTning tegishli ekspertlar kengashi tarqatib yuborilgan edi. MSMT'da jami 11 davlat ishtirok etadi. U nashr etadigan ma’lumotlar MSMT a’zolari bo‘lgan razvedka xizmatlari ma’lumotlariga asoslanadi.

Eslatib o‘tamiz, Rossiya va Shimoliy Koreya 2024 yil iyun oyida “Har tomonlama strategik sheriklik to‘g‘risida”gi shartnomani imzolagan edi. Ushbu shartnoma ikki davlat o‘rtasida harbiy ittifoq tuzishni nazarda tutadi.

AQSH, Janubiy Koreya va Ukraina ma’lumotlariga ko‘ra, 2024 yil oktyabr oyida Rossiyaga 10 mingdan 12 minggacha shimoliy koreyalik harbiylar yetib kelgan. Ular Rossiya safida Ukrainaga qarshi urushda ishtirok etishga jalb qilingan. KXDR bo‘linmalari Kursk viloyatidagi janglarga ham jalb etilgan.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing