Moskva metrosida musulmonlar uchun namozxonalar ochilishi mumkin

Olam

image

Moskva musulmonlari metro va savdo markazlarida besh vaqt farz namozni boshqa fuqarolarni uyaltirmasdan o‘qishlari uchun namozxonalar ochishni xohlaydi. Bu haqda Rossiya Federatsiyasi Musulmonlari diniy boshqarmasidan Moskva muftiysi, Moskva jome masjidi bosh imom-xatibi Ildar Alyautdinov ta’kidladi.

“Hozir biz muassasalarda namozxonalar ochmoqdamiz. Masalan, ular aeroportlarda, hospislarda, ba’zi tibbiyot markazlarida ochildi. Biz savdo markazlari bilan ham muzokaralar olib borishga harakat qilyapmiz. Internetda dindorlar metroda namoz o‘qiyotganini ko‘ryapmiz. Shuning uchun biz Moskva metropoliteni bilan metroda namozxonalar ochish borasida muzokaralar olib bormoqdamiz”, deydi Alyautdinov.

Moskva muftiysining ta’kidlashicha, jamoat joylarida namoz o‘qish “shaharda namozxonlar yetarli emasligidan kelib chiqayotgan majburlikdir”. 

“Eslatish muhim: odamlar metro yoki ko‘chalarda shunchaki namoz o‘qimaydi. Namoz musulmon inson hayotining asosidir, bu mo‘min qayerda bo‘lishidan qat’i nazar, kuniga besh marta bajarishi kerak bo‘lgan majburiyatdir. Namozlarni qisqartirish faqat alohida holatlarda, masalan, sayohat yoki kasallik paytida bo‘lishi mumkin”, deya xulosa qildi Moskva muftiysi.

Uning so‘zlariga ko‘ra, Rossiya poytaxtida taxminan 3-3,5 million musulmon istiqomat qiladi, ulardan 2 millioni mahalliy aholi, qolganlari esa muhojirlar, jami to‘rttagina masjid bor. Moskvada namozxonalar ham bor, ammo imomning ta’kidlashicha, namozxona madaniyat markazi yoki masjid o‘rnini bosa olmaydi, chunki masjidda dindorlar “ta’lim va tarbiya olishlari” mumkin. 


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

90

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing