“Moskva-Farg‘ona” yo‘nalishidagi samolyot Namanganga yo‘naltirildi
Jamiyat
−
20 noyabr 2022 7515 1 daqiqa
“Moskva-Farg‘ona" yo‘nalishidagi samolyot Namangan xalqaro aeroportiga yo‘naltirildi. Bu haqda “Novosti Tashkentskogo Neba” xabar bermoqda.
Qayd etilishicha, Farg‘ona xalqaro aeroportidagi tuman tufayli “Moskva-Farg‘ona” yo‘nalishidagi samolyot Namangan xalqaro aeroportiga yo‘naltirilgan.
Shuningdek, “Toshkent-Farg‘ona” yo‘nalishidagi samolyot parvozi ham kechiktirilgan.
Eslatib o‘tamiz, 13 noyabr kuni “Sankt-Peterburg-Namangan” hamda “Moskva-Farg‘ona” yo‘nalishidagi samolyot parvozlari zaxira Toshkent xalqaro aeroporti aerodromiga yo‘naltirilgan edi.
Live
BarchasiErdo‘g‘an Saudiyaga bordi
03 fevral
Qashqadaryoda YPX mashinasi yonib ketdi
03 fevral