Moskva aeroportlarida yuqori terakt xavfi e’lon qilindi
Olam
−
16 noyabr 2022
8766Rossiyaning Moskva, Sankt-Peterburg va aviakompaniyalar aeroportlarida birinchi marta terrorchilik hujumlari tahdidining uchinchi, maksimal darajasi joriy etildi. Bu haqda "Izvestiya" nashri Rostransnadzorning aviatashuvchilar va havo portlari hamda aviatsiya sanoatidagi suhbatdoshlarga yo‘llangan xatiga tayanib xabar berdi.
"10 noyabrdan boshlab aeroportlar uchun transport kompleksi faoliyatiga terroristik xususiyatga ega bo‘lgan, 3-sonli xavfsizlik darajasiga to‘g‘ri keladigan noqonuniy aralashish harakati sodir etish bilan bevosita tahdid qilish darajasi belgilandi. Rossiyada transport vositalari uchun xavfsizlikning uch darajasi hukumatning 2344-sonli qarori bilan belgilanadi", deyiladi Markaziy Federal okrugi davlat aviatsiya nazorati va transport xavfsizligini nazorat qilish departamenti rahbari vazifasini bajaruvchi Irakliy Meladze tomonidan imzolangan maktubda.
Unga ko‘ra, birinchi daraja transportga noqonuniy aralashuv akti tahdidi bilan joriy etiladi; ikkinchisi - bevosita xavf mavjudligini nazarda tutadi, uchinchisi to‘g‘ridan-to‘g‘ri tahdidlar bilan kiritiladi.
Birinchi daraja doimiy, ikkinchi yoki uchinchi daraja 15 kundan ortiq bo‘lmagan muddatga o‘rnatilishi mumkin.
Nashrning yirik aviakompaniyadagi suhbatdoshining fikricha, Moskva aeroportlari va Pulkovodagi xavfsizlikning uchinchi darajasi 25 noyabrdan keyin uzaytiriladi.
Rostransnadzorning maktubida aviakompaniyalarga tahdidning maksimal darajasiga mos keladigan qo‘shimcha xavfsizlik choralarini ko‘rish zarurligi haqida xabar berilgan.
"Sheremetevo va Domodedovo zarur himoya darajasini saqlab qolishlarini aytdi. Xuddi shunday choralar Pulkovoda ham joriy qilingan. Aeroport barcha transport va aviatsiya xavfsizligi choralarini to‘liq bajarmoqda", deydi yirik aviakompaniyadagi manba.
Aviakompaniyalar ekipajlariga, xususan, tashish uchun begona odamlardan har qanday paket va buyumlarni qabul qilish taqiqlangan. Sheremetevoda oktyabr oyi oxirida hudud bo‘ylab qo‘shimcha beton bloklar o‘rnatish boshlangan, aeroport rejimini nazorat qiluvchi qo‘riqchilarga “dubinka” berilgan va ulardan qanday foydalanish o‘rgatilgan. Pulkovoda yo‘lovchilar samoliyotga chiqishda metall detektorlari bilan tekshirila boshlangan.
Ma’lumot uchun, Rossiyada har bir xavfsizlik darajasi bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar hukumatning 1605-sonli qarori bilan belgilanadi. Maksimal xavf darajasini e’lon qilganda, aeroportlar, masalan, tezkor javob berish guruhlari va transport xavfsizlik kuchlari sonini ko‘paytirishi, qoidabuzarlarni aniqlash bo‘yicha qo‘shimcha choralar ko‘rishi, bir martalik ruxsatnomasi bo‘lgan odamlarning transport sektori hududiga kirishiga yo‘l qo‘ymasliklari va boshqa chora-tadbirlarni amalga oshirishi kerak.
LiveBarchasi