Moratoriy davrida noqonuniy daraxt kesganlarning qanchasi mansabdorlar edi?
Jamiyat
−
30 yanvar 2021
48142020 yilda 136 nafar mansabdor shaxs noqonuniy daraxt kesgani uchun jarimaga tortilgan. Bu haqda AOKAda o‘tkazilgan brifingda Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi Axborot xizmati rahbari Bunyod Abdullayev ma’lum qildi.
2020 yil davomida o‘tkazilgan davlat ekologik nazorati natijalariga ko‘ra daraxt va butalarni noqonuniy kesilishi bilan bog‘liq jami 3 960 ta huquqbuzarlik aniqlangan.
Noqonuniy daraxtkesarlarning 136 nafari mansabdor shaxslar hisoblanadi.
Huquqbuzarlarga jami 4,578 mln so‘m jarima solingan, o‘simlik dunyosiga yetkazilgan zarar miqdori esa – 15,305 mln so‘m.
Aniqlanishicha, jami 2 724 m3 buta, 7 812 dona daraxt shundan, 3 428 dona qimmatli va 4 384 dona kamyob va qimmatbaho daraxtlar noqonuniy ravishda kesilgan.
18 ta holat bo‘yicha qonunbuzarlik sodir etgan shaxslarga nisbatan jinoiy ish qo‘zg‘atilgan.
Huquqbuzarlardan 127 ta qurol-aslahalar ashyoviy dalil sifatida olib qo‘yilgan.
LiveBarchasi