Momaqaldiroq, chang, yomg‘ir. Yangi hafta qanday ob-havo bilan boshlanadi?
Bu qiziq
−
10 aprel 2022
22816Gidrometeorologiya xizmati markazi ertaga, 11 aprel kuni O‘zbekistonda kutilayotgan ob-havo haqida ma’lumot berdi.
Toshkent shahrida havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 5-10 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi +15..+17 daraja, kunduzi +26...+28 daraja bo‘ladi.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatida havo o‘zgarib turadi, ba’zi joylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Shamol tezligi 17-22 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-to‘zon bo‘lishi kutilmoqda. Harorat kechasi +10..+15 daraja, kunduzi +20...+25 daraja bo‘ladi.
Buxoro va Navoiy viloyatlarida havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 17-22m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi +14...+19 daraja, kunduzi +25...+30 daraja bo‘ladi.
Toshkent, Samarqand, Jizzax, Sirdaryo viloyatlarida havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. G‘arbiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, ba’zi joylarda shamol tezligi 17-22 m/s gacha kuchayishi mumkin, ayrim joylarda chang-to‘zon bo‘lishi kutilmoqda, Jizzax viloyatida ba’zi joylarda 25-28 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi +12...+17daraja, kunduzi +24...+29 daraja bo‘ladi.
Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. G‘arbiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda shamol tezligi 17-22 m/s gacha kuchayishi mumkin, ayrim joylarda chang-to‘zon bo‘lishi kutilmoqda. Surxondaryo viloyatida ba’zi joylarda shamol tezligi 25-28 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi +15...+20 daraja, kunduzi +28...+33 daraja bo‘ladi.
Andijon, Namangan, Farg‘ona viloyatlarida havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi +12...+17 daraja, kunduzi +27...+32 daraja bo‘lad
Respublikaning tog‘li hududlarida havo o‘zgarib turadi, ba’zi joylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Ba’zi joylarga tuman tushadi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi.G‘arbiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, momaqaldiroq paytida 17-22 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi +8...+13 daraja, kunduzi +20..+25 daraja bo‘ladi.
LiveBarchasi