Moliyaviy mustaqillikka erishgan OTMlarga yana bir vakolat berilishi mumkin

Jamiyat

image

O‘zbekistonda 35 ta moliyaviy mustaqillik berilgan oliy ta’lim muassasalariga rektorlarni lavozimga tayinlash yoki ozod etish vakolati berilishi mumkin. Bu haqda “O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish haqida"gi muhokamaga qo‘yilgan qonun loyihasida so‘z boradi. 

Unga ko‘ra:

•  ilmiy kengash a’zolarining yarmidan ko‘pi mazkur kengashni tuzgan, ilmiy tashkilot va ta’lim muassasasida faoliyat yuritayotgan olimlardan iborat bo‘lishi sharti bekor qilinmoqda;

•  faqat davlat ta’lim muassasalarida o‘qitiladigan ta’lim yo‘nalishlari, mutaxassisliklar va kasblar ro‘yxatini tasdiqlash, shuningdek, davlat oliy ta’lim muassasalari rektorlarini, shuningdek davlat ishtirokida tashkil etiladigan oliy ta’lim tashkilotlari rektorlarini (rahbarlarini) lavozimga tayinlash hamda egallab turgan lavozimidan ozod etish Vazirlar Mahkamasi vakolatidan chiqarilmoqda;

•  5 xil toifadagi shaxslarning ta’lim tashkilotlarida pedagog (professor-o‘qituvchi) sifatida faoliyat olib borishi taqiqlanmoqda.

Eslatib o‘tamiz, o‘tgan yil oxirida Prezident Shavkat Mirziyoyev “Davlat oliy ta’lim muassasalariga moliyaviy mustaqillik berish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarorni imzolagan edi. Unga ko‘ra, joriy yiln 1 yanvaridan boshlab 35 ta davlat oliy ta’lim muassasalari moliyaviy mustaqillik asosida faoliyat yuritishi belgilandi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

142

Reyting

3.2

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing