Moliyaviy qonunbuzarliklar qaysi hududda eng ko‘p sodir etilmoqda?

Jamiyat

image

2019 yilning 1-yarim yilida Davlat moliyaviy nazorati departamenti va uning hududiy boshqarmalari tomonidan Ish reja, Hukumat va huquqni muhofaza qiluvchi organlarning topshiriqlari asosida 4 299 ta davlat moliyaviy nazorati tadbirlari o‘tkazildi. Bu haqda Davlat moliyaviy nazorati departamenti xabar tarqatdi.

Ma’lum bo‘lishicha, o‘tkazilgan nazorat tadbirlarida jami 167 mlrd. so‘m miqdorida byudjet intizomini buzilish holatlari va boshqa noqonuniy xarajatlar aniqlandi.

Nazorat tadbirlarining asosiy qismi (74,5%) byudjet intizomiga rioya etilishi va mablag‘larning maqsadli foydalanishi yuzasidan o‘tkazilgan bo‘lib, nazorat tadbirlarida aniqlangan 54,2 mlrd. so‘m byudjet intizomi buzish, pul va tovar moddiy boyliklar kamomadi va asossiz xarajatlardan 49,8 mlrd. so‘mi (91,8%) byudjetga tiklanishi ta’minlandi.

Ma’lumot uchun: 2018 yil 1-yarim yilligida aniqlangan byudjet intizomini buzilish holatlari va moliyaviy xato va kamchiliklar byudjetga tiklanishi 74,5%ni tashkil etgan.

Hisobot davrida Oliy va o‘rta maxsus ta’limi vazirligi tizimidagi muassasalarida 10,8 mlrd. so‘m miqdorida moliyaviy qonunbuzilish holatlari aniqlanib, shundan nazorat tadbirlari davomida 10,2 mlrd. so‘mi (93%) byudjetga tiklandi.

Shuningdek, Xalq ta’limi vazirligi tizimida aniqlangan 9 mlrd. so‘m miqdoridagi qonunbuzilish holatidan 8 mlrd. so‘mi (90%), Sog‘liqni saqlash vazirligi tizimida aniqlangan 6 mlrd. so‘m miqdoridagi qonunbuzilish holatidan 5,7 mlrd. so‘mi (94%) va Maktabgacha ta’lim vazirligi tizimida aniqlangan 4,3 mlrd. so‘m miqdoridagi qonunbuzilish holatidan 3,9 mlrd. so‘mi (92%) byudjetga tiklanishi ta’minlandi.

Yirik miqdorda moliyaviy xato va kamchiliklar Jizzax (9,5 mlrd. so‘m), Andijon (5,5 mlrd. so‘m), Surxondaryo (5 mlrd. so‘m), Samarqand (4,7 mlrd. so‘m), Toshkent (4,5 mlrd. so‘m) viloyatlarida va Toshkent shahrida (6,2 mlrd. so‘m) aniqlangan.

Hisobot davrida Davlat moliyaviy nazorati departamenti va uning hududiy boshqarmalari tomonidan byudjet xarajatlarini to‘g‘ri rejalashtirilishi hamda byudjet mablag‘larining maqsadli sarflanishi yuzasidan “Davlat moliyasini boshqarish axborot dasturi” va UzASBO dasturi ma’lumotlar bazasidan foydalangan holda 1 810 ta byudjet muassasalarida kameral nazorat tadbirlari o‘tkazildi.

Kameral nazorat tadbiriga qamrab olingan muassasalarning 718 tasida 17,6 mlrd. so‘m miqdorida byudjet qonunchiligini buzilish holatlari va boshqa xato-kamchiliklar aniqlanib, nazorat tadbirlari davomida 8,6 mlrd. so‘mi byudjetga tiklandi va 5,5 mlrd. so‘m miqdoridagi mablag‘larning asossiz sarflanishining oldi olindi.

Nazorat tadbirlarida aniqlangan 12,9 mlrd. so‘m qonunbuzilish holatlari bo‘yicha 168 ta nazorat tadbirlari hujjatlari tegishli choralar ko‘rish uchun huquqni muhofaza qilish organlariga yuborildi.

Hisobot davrida byudjet intizomini buzilishiga yo‘l qo‘ygan byudjet tashkilotlarining 154 nafar mansabdor va mas’ul shaxslariga belgilangan tartibda 111,5 mln. so‘mlik ma’muriy jarima qo‘llanildi. 

Shuningdek, byudjet va byudjetdan mablag‘ oluvchi tashkilotlarning xarajatlar smetasi va shtat jadvallarini me’yoriy hujjatlarga hamda aniq hisob-kitoblarga asosida rejalashtirilishi yuzasidan o‘tkazilgan profilaktika nazorat tadbirlarida 22,7 mlrd. so‘m miqdorida ortiqcha rejalashtirilgan xarajatlarning oldi olindi.

Hisobot davrida Davlat maqsadli jamg‘armalar va boshqa jamg‘armalar mablag‘larini maqsadli sarflanishi yuzasidan o‘tkazilgan 692 ta moliyaviy nazorat tadbirlarida 36,6 mlrd. so‘m miqdorida qonun buzilish holatlari aniqlanib, shundan 29,8 mlrd. so‘mi tiklanishi ta’minlandi hamda 31,5 mlrd. so‘m miqdoridagi qonunbuzilish holatlari bo‘yicha 352 ta nazorat tadbirlari hujjatlari qonuniy chora ko‘rish uchun huquqni muhofaza qilish organlariga yuborildi.

Shuningdek, Hukumat kafolati ostida jalb qilingan kreditlar mablag‘laridan maqsadli foydalanilishi yuzasidan o‘tkazilgan 92 ta nazorat tadbirlarida 4,9 mlrd. so‘m miqdorda noqonuniy xarajatlarga yo‘l qo‘yilganligi aniqlanib, shundan 3,5 mlrd. so‘mni tiklanishi ta’minlandi hamda 4,6 mlrd. so‘m qonunbuzilish holatlari bo‘yicha 81 ta nazorat tadbirlari hujjatlari huquqiy baho berish uchun huquqni muhofaza qilish organlariga yuborildi.


Maqola muallifi

Teglar

Davlat moliyaviy nazorati Oliy va o'rta maxsus ta'limi vazirligi

Baholaganlar

13

Reyting

2.8

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

Mavzuga doir yangiliklar