Moliyaviy farovonlik bo‘yicha eng yaxshi va yomon davlatlar reytingi e’lon qilindi

Jamiyat

image

Tahlilchilar Yevropa mamlakatlari aholisining moliyaviy farovonligi bo‘yicha reytingini tuzishdi. Ro‘yxatda Germaniya birinchi o‘rinni egalladi. Sobiq SSSRning Boltiqbo‘yi mamlakatlari eng pastgi o‘rinlarni band etmoqda.

Yevropa iste’molchilari uchun to‘lovlar to‘g‘risidagi hisobot (2019 yil)

Unda jami 24 mamlakat ro‘yxatga olingan. Reytingda Germaniya peshqadam bo‘lib, 10 dan 6,89 ball to‘plagan. Ikkinchi o‘rinda Avstriya (10dan 6,77). Shuningdek, kuchli beshlikka Shvetsiya, Shveysariya va Finlyandiya kirdi. Sobiq SSSR tarkibidagi Yevropa Ittifoqining uchala a’zosi ham so‘nggi o‘rinlarda: Estoniya 20-o‘rinni (umumiy ball 5.85), Latviya - 21-o‘rinni (5.55) va Litva - 23-o‘rinni (5.54) egalladi. Moliyaviy farovonlikning nisbatan past darajasi shuningdek, Polshada (5.54, 22-o‘rin) va eng yomoni - Gretsiyada (5.30) qayd etildi. Reytingdagi o‘rtacha ball - 6,21.

Aholi moliyaviy farovonlik haqida qanday fikrda? 

Tahlilchilar 24 mamlakatda so‘rov o‘tkazdi. Iste’molchilar hisob-kitoblarni qay darajada to‘lashlari, qancha oylik maosh olishlari, qancha pul tejashlari va moliyaviy savodxonlikdan qanchalik xabardor ekanliklarini so‘rashdi. Respondentlarning qariyb 45 foizi hisob-kitoblardagi xarajatlari daromadlariga nisbatan yuqori o‘sayotganini tan olishdi. 43 foizi esa kirimga nisbatan tushumning yuqoriligi moliyaviy farovonlikka salbiy ta’sir ko‘rsatayotganini aytgan. Respondentlarning to‘rtdan bir qismi so‘nggi olti oy ichida qarz olganliklarini yoki kredit kartalari limitining oxiriga yetganliklarini aytishgan. 75 foiz aholi esa har oy o‘z daromadlarining bir qismini tejashlari ma’lum bo‘ldi. Ammo ularning yarmidan ko‘pi tejashlari mumkin bo‘lgan miqdordan norozi. So‘rovnomada jami 24 000 kishi qatnashgan.

Eng, eng, eng...

Germaniya va Daniya uy xo‘jaliklari o‘z vaqtida to‘lovlarni amalga oshirishlari qayd etildi. Chexiya, Vengriya va Estoniyada o‘tkazilgan so‘rov ishtirokchilari eng kam kredit olgan. Enng yuqori ish haqi belgilangan davlatlar orasida Shvetsiya va Shveysariya ajralib turibdi. Inglizlar va finlar moliyaviy jihatdan yuqori savodxonlikka ega ekanliklari ma’lum bo‘ldi. Ushbu indikatorga ko‘ra, yevropaliklar o‘zlarini ortiqcha baholashga moyil.

Ta’kidlaganishicha, respondentlarning 69 foizi o‘zlarining moliyaviy savodxonliklarini yetarli darajada deb bilishgan bo‘lsa-da, 37 foizi sinovdan o‘ta olishgan. Xususan, 18 yoshdan 21 yoshgacha bo‘lgan yoshlarning yarmi topshiriqni bajara olmagan.
 


Maqola muallifi

Teglar

Moliyaviy farovonlik

Baholaganlar

38

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

Mavzuga doir yangiliklar