Moldovada birinchi marta ayol kishi prezidentlikka saylanishi mumkin

Olam

image

Joriy yilning 1 noyabr kuni Moldovada bo‘lib o‘tgan prezidentlik saylovining birinchi bosqich natijasiga ko‘ra, “Harakat va birdamlik” partiyasining yetakchisi Mayya Sandu Moldava Respublikaning amaldagi rahbari Igor Dodondan 3,5 foiz ko‘proq ovoz oldi

Ushbu saylovning ikkinchi turi 15 noyabr kuni bo‘lib o‘tadi. Bu ikkala nomzod 2016 yilda bo‘lib o‘tgan prezidentlik saylovida ham kurashgan edi. 

Sandu o‘z Saylov dasturida Yevropa Ittifoqi bilan yaqinlashish, G‘arb jamg‘armalari ko‘magida iqtisodiy rivojlanishga, shuningdek, korrupsiyaga qarshi kurashga e’tibor qaratgan. U “Moldovaning milliy manfaatlaridan kelib chiqqan holda Rossiya bilan yaxshi aloqalar o‘rnatish”ga intilishini aytib o‘tgan. 

“Moldova rahbarlari Rossiyada ishlayotgan fuqarolarimiz uchun yaxshi sharoitlarni yaratib berishi kerak. Rossiyaga eksport ochish uchun barqaror yechim topishimiz kerak”, deydi u.

Sandu 1972 yilda Moldova shimolidagi “Risipen” qishlog‘ida tug‘ilgan. Iqtisodiy ta’lim akademiyasini va Moldova Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasini hamda Garvard instituti qoshidagi davlat boshqaruvi maktabini tamomlagan. U Yevropa Ittifoqi, Jahon banki, BMT va boshqa xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlik qilgan. Vashingtondagi Jahon banki Ijrochi direktorining maslahatchisi bo‘lib ishlagan. Rumin, ingliz, rus va ispan tillarida bemalol muloqot qila oladi.

Sandu AQSHdan Moldovaga qaytib kelgach, 2012 yilda “Vlad Filat” hukumatida ta’lim vaziri lavozimini egallash taklifini olgan. Ushbu lavozimda u ta’lim sohasidagi qattiq islohotlar bilan keng tanilgan. Moldovada millatlararo muloqot tili maqomiga ega bo‘lgan rus tili Sandu davrida maktablarda majburiy emas qilib qo‘yilgan. Bugungi kunda Sandu xarajatlarni optimallashtirish maqsadida ko‘plab qishloq maktablarini yopgan va bu ko‘pchilikni bo‘sh qoldirgani uchun tanqidlarga sabab bo‘lmoqda.
 
2016 yilgi prezidentlik saylovlarida Sandu Yevropaparast kuchlarning yagona nomzodiga aylandi. Ammo u ikkinchi bosqichda qadar Dodonga 4 foiz farq bilan yutqazgan. 2019 yil iyun oyida Bosh vazir lavozimini egallagan Sandu korrupsiyani yengish, Yevropaga integratsiya siyosatini olib borish va Rossiya bilan konstruktiv munosabatlarni davom ettirishga va’da berdi. Biroq, taklifnomaga qaramay, u Moskvaga tashrif buyurmagan. 

2020 yilda Sandu partiyasi uni prezidentlik saylovida qayta nomzodini ko‘rsatdi. Ularning fikricha, parlamentni tozalash uchun halol Prezident kerak. Murosasiz odamlarni sudya etib tayinlamaydigan, jamiyatni birlashtirib, boshqalarga o‘rnak bo‘ladigan, odamlarni hurmat qiladigan Prezident zarur.

Sandu saylovchilarining aksariyati uning Prezident etib saylanganidan keyin mamlakatda hayot yaxshilanadi, degan umidda. Ammo bu chigal masala. Moldova parlamentli respublika bo‘lib, Prezident deyarli barcha qarorlarini parlament a’zolari bilan kelishib hal qiladi. Parlamentda Sandu tarafdorlari hal qiluvchi darajada ko‘pchilikni tashkil qilmaydi. Hukumatni shakllantirish, shuningdek, e’tiroz bildiruvchi qonun chiqaruvchi organni tarqatib yuborish unga oson bo‘lmaydi.

Dinara Yusupova


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Baholaganlar

57

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing