Moldovada 75 mingdan ortiq aholi namoyishga chiqdi
Olam
−
22 may 2023
17593Kecha, 21 may kuni Moldovada 75 mingdan ortiq fuqaro mamlakat Yevropa Ittifoqiga a’zo bo‘lishini yoqlab namoyishga chiqdi. Bu haqda “Aljazeera” nashri xabar berdi.
Unda ta’kidlanishicha, o‘n minglab moldovaliklar hukumatning Yevropa tomon harakatini qo‘llab-quvvatlash uchun poytaxt Kishinyovda miting o‘tkazgan. Namoyishdan asosiy maqsad mamlakatning Yevropa bilan aloqalarini mustahkamlash va bu masalani Moldova konstitutsiyasida alohida belgilash kerakligi bo‘lgan.
“Biz moldovaliklar yevropaliklar ekanligimizni baland ovozda, ishonch va g‘urur bilan aytish uchun keldik. Bu xalqimizning tinch va farovon yashashi uchun imkoniyatdir. Moldova Kreml tomonidan tuhmatga uchrashini istamaydi”, deydi Prezident Mayya Sandu.
Uning so‘zlariga ko‘ra, mamlakat 2030 yilgacha 27 davlatdan iborat Yevropa Ittifoqiga qo‘shilishni maqsad qilgan.
Eslatib o‘tamiz, so‘nggi ikki haftada bir necha marotaba Serbiya poytaxti Belgradda Serbiya Ichki ishlar vazirligi rahbari Branislav Gashich hamda Xavfsizlik va axborot agentligi rahbari Aleksandr Vulinning iste’foga chiqishini, shuningdek, elektron ommaviy axborot vositalarini tartibga solish bo‘yicha hukumat qo‘mitasini tarqatib yuborish yoki yopilishini talab qilib namoyishga chiqqan edi.
Nurmuhammad Fayzullayev
LiveBarchasi