Moldova Rossiya raketalari mamlakat havo hududini buzganini aytmoqda
Olam
−
10 Oktabr 2022 9323 1 daqiqa
Bugun, 10 oktyabr kuni Rossiya raketalari Ukrainani o‘qqa tutish vaqtida Moldova havo hududini ham buzdi. Bu haqda Moldova Tashqi ishlar vazirligi ma’lum qildi.
Vazirlik ma’lumotlariga ko‘ra, Rossiyaning qanotli raketalari mamlakat havo hududini buzgan. Raketalar Kolbasna qishlog‘i va Soroki shahri hududidan o‘tgan.
Xabarda aytilishicha, Rossiyaning Moldovadagi elchisi Oleg Vasnetsov Moldova Tashqi ishlar vazirligiga chaqirilgan. U Qora dengizdagi Rossiya harbiy kemalaridan yo‘naltirilgan uchta raketa Moldova havo hududi orqali uchib o‘tishi sababini izohlashi kutilmoqda
Moldova Mudofaa vazirligi infratuzilmaga, xususan, mamlakat havo hududida uchayotgan fuqarolik samolyotlariga tahdid borligini e’lon qildi.
Moldova Tashqi ishlar vazirligi ushbu hodisani "o‘ta jiddiy va ayanchli vaziyat" deb atadi. Bu shubhasiz qo‘shimcha keskinlikni keltirib chiqaradi.
“Milliy havo hududimizning buzilish holatini mutlaqo qabul qilib bo‘lmaydi”, deyiladi vazirlik bayonotida.
Ma’lumot uchun, Moldova parlamenti 24 fevralda Rossiyaning Ukrainadagi harbiy amaliyoti boshlangani sababli mamlakat havo hududini yopgan edi. 21 martdan boshlab cheklovlar qisman olib tashlangan.
Temur Jumayev
Live
Barchasi